Boshlang'ich sinf ustozi

Kompaniya: Algoritm o'quv markazi

Toshkent

Boshlang'ich sinf ustozi - Fair school (1-3 yil tajriba) Bandlik turi: To'liq bandlik Ish formati: Ish joyida Ish jadvali: 6/1 Manzil: sh. Toshkent, Sergeli 2B, 38B. Tavsif Lavozimning asosiy maqsadi — boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun o'quv dasturini o'qitish, ularning ta'lim natijalarini oshirish va o'quv jarayonini takomillashtirish. Talablar: Tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumot. Mas’uliyat va jamoada ishlash ko‘nikmasi. Zamonaviy ta’lim metodikalaridan foydalana olish. Bolalar bilan ishlash va mavzularni tushunarli yetkazish ko‘nikmasi. Boshlang‘ich sinflarda kamida 3 yillik dars berish tajribasi. Tanlangan ta’lim tilida ravon dars o‘ta olish. Sizning afzalliklaringiz: Oylik maosh: 4–8 mln so‘m. Aniq miqdor tajriba va malakaga qarab suhbatda kelishiladi. Aytilgan summadan ko'p ham bo'lishi mumkin. Kuniga 3 mahal ovqatlanish. Qulay va shinam sinfxonalar. Zamonaviy o‘quv resurslari bilan jihozlangan xonalar. Har bir sinfda 24 nafar o‘quvchi. Zarur ko'nikmalar: Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun darslarni belgilangan standartlarga muvofiq o'tkazish Yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda o'quv materialini tushuntirish O'qitishning turli usullaridan foydalanish O'quvchilarning individual xususiyatlariga moslashuvchan yondashuvni qo'llash O'quv rejalarini ishlab chiqish Dars jarayonini rejalashtirish va tuzish O'quv materiallari va didaktik vositalarni yaratish O'quv natijalarini tahlil qilish

Talablar

Shartlar

Ko'nikmalar

O'xshash vakansiyalar