Kompaniya: Чарос Саломова
Toshkent
Maosh: 7000000 – 20000000 UZS
PREP.UZ kompaniyasi uchun B2B savdo menejeri (1-3 yillik tajriba) Oylik maosh: KPI bilan 3 000 000 so'mdan boshlanadi Ish formati: Ish beruvchi ofisida Ish grafigi: 6/1, 10:00 - 19:00 Manzil: Toshkent sh., Labzak 61 Tavsif B2B menejeri PREP.UZ - bu rus tilini o'rganish uchun zamonaviy onlayn kurslarni taklif qiluvchi onlayn ta'lim platformasi. Hozirda biz B2B yo'nalishini rivojlantirish uchun tajribali B2B menejerini qidirmoqdamiz. 💼 Sizning vazifalaringiz: Yangi B2B mijozlarni izlash va jalb qilish; Kompaniyalar bilan muzokaralar olib borish; PREP.UZ rus tili kurslarini kompaniyalarga taqdim etish; Potensial mijozlarga qo'ng'iroq qilish va uchrashuvlar o'tkazish; Sotuv jarayonini boshidan oxirigacha olib borish; Yangi hamkorliklarni yo'lga qo'yish va mavjud mijozlar bilan munosabatlarni rivojlantirish; Belgilangan sotuv rejalarini bajarish. 🎯 Biz kutamiz: B2B sotuv sohasida kamida 1 yillik tajriba; Sotuvda yaxshi va tasdiqlangan natijalar; B2B mijozlar bilan ishlash tajribasi; Muzokaralar olib borish va mahsulotni professional taqdim eta olish qobiliyati; Faollik, mas'uliyatlilik va natijaga yo'naltirilganlik; Yoshi: 20–30 yosh; Qiz nomzodlarga ustuvorlik beriladi, ammo yigit nomzodlar ham ko'rib chiqiladi. 🕐 Ish grafigi: 6/1 10:00–19:00 Ish ofisida. 💰 Daromad: Belgilangan oylik + bonus Oylikning aniq miqdori ofisdagi suhbat davomida muhokama qilinadi. 🚀 Biz bilan ishlash: Siz rus tilini o'rganishga yordam beradigan real ta'lim mahsulotini B2B segmentda rivojlantirish va yuqori natijalarga erishish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Agar sizda B2B sotuv bo'yicha tajriba va yaxshi natijalar bo'lsa — PREP.UZ jamoasi sizni kutib qoladi!