Tibbiy vakil / Savdo menejeri
Kompaniya: Novator Pharma
Toshkent
Maosh: 5000000 – 8000000 UZS
Novator Pharma kompaniyasi o'z jamoasiga faol, mas'uliyatli va rivojlanishga intiluvchan nomzodlarni Tibbiy vakil lavozimiga taklif etadi. Biz shunchaki ishni emas, balki barqaror daromadni, kasbiy ta'limni, tajribali jamoaning qo'llab-quvvatlashini va haqiqiy martaba o'sishi imkoniyatlarini taklif etamiz. Ish tajribasi majburiy emas. Kompaniya noldan bepul ta'lim, amaliy tayyorgarlik va ish jarayoniga moslashishni ta'minlaydi. Ta'limni muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar ish bilan ta'minlanadi. Toshkentdagi ish hududlari: • Uchtepa – Chilonzor • Mirzo Ulug'bek tumani • Mirobod – Yakkasaroy • Olmazor – Shayxontohur • Yashnobod – Bektemir • Sergeli – Yangi Hayot • Yunusobod Ish grafigi: 09:00–18:00. 5/2 Ofisga tashrif: Haftada 2 marta 17:00 dan 18:00 gacha.
Vazifalar
- Novator Pharma mahsulotlarining tibbiyot hamjamiyatida tanlovchanligini oshirish
- Tibbiy muassasalar va shifokorlar mijozlar bazasini shakllantirish va kengaytirish
- Belgilangan hududda sotuv rejalarining bajarilishini ta'minlash
- Asosiy mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni o'rnatish va qo'llab-quvvatlash
- Hududda Novator Pharma mahsulotlari bozor ulushini oshirish
- Kompaniya preparatlari haqida dolzarb ma'lumotlarni samarali tarqatish
- Shifokorlar va dorixonalarning ehtiyojlarini o'rganish va tahlil qilish
- Tibbiy mutaxassislar uchun kompaniya mahsulotlari taqdimotlarini o'tkazish
- Mijozlardan kompaniya mahsulotlari haqida fikr-mulohazalarni to'plash
- Tashriflar va sotuvlar natijalari bo'yicha hisobotlarni yuritish
- Shifokorlar va dorixonalarga tashriflar soni bo'yicha rejani bajarish
Talablar
- Sotuv rejalarini bajarish qobiliyati
- Shifokorlar bilan uzoq muddatli munosabatlar o'rnatish qobiliyati
- Farmatsevtika sohasida o'rganish va rivojlanish istagi.
- Ishga va topshiriqlarni bajarishga mas'uliyatli yondashuv.
- Natijaga va kasbiy o'sishga intilish.
- Yaxshi muloqot ko'nikmalari va mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlar o'rnatish qobiliyati.
- Shifokorlar va dorixonalar bilan ishlashga tayyorlik.
- Mustaqil va jamoada ishlash qobiliyati.
- Ish tajribasi majburiy emas — kompaniya noldan bepul kasbiy ta'lim beradi.
- Murojaat qilishda o'zingiz haqida qisqacha ma'lumot (CV / rezyume) yuborishingiz kerak.
Shartlar
- Kafolatlangan belgilangan oylik maosh + ish natijalariga asoslangan bonus tizimi.
- Ish tajribasi bo'lmagan nomzodlar uchun oylik maosh 5 000 000 so'mdan boshlanadi.
- Ish tajribasi bo'lgan nomzodlar uchun oylik maosh 8 000 000 so'mdan boshlanadi.
- Oylik maosh yiliga 2 marta oshiriladi.
- Rasmiy ishga joylashtirish.
- Noldan bepul kasbiy ta'lim va amaliy tayyorgarlik.
- Siz bo'sh hududda ish boshlamaysiz — kompaniya tayyor mijozlar bazasini taqdim etadi.
- Regional Manager va Product Manager tomonidan doimiy kasbiy qo'llab-quvvatlash.
- Haydovchi va jamoaviy yordam.
- Ishning har bir bosqichida hamrohlik, ta'lim va kasbiy rivojlanish tizimi.
- Belgilangan natijalarga erishganda Onix / Cobalt xizmat avtomobilini olish imkoniyati.
- Yuqori natijalarga erishgan xodimlar uchun Bokuga yillik sayohat.
- Yillik Check-up.
- O'zbekiston bo'ylab dam olish uchun korporativ sayohatlar va tadbirlar.
- Korporativ uchrashuvlar va tadbirlar.
- Evropa ishlab chiqarilgan maxsus korporativ sovg'alar.
- Kasbiy treninglar va rivojlanish dasturlari.
- Kompaniya ichida tezkor martaba o'sishi imkoniyati.
- Natijaga va kasbiy rivojlanishga intiluvchan xodimlar, kompaniya ko'magida o'rtacha 6 oy ichida Regional Manager lavozimiga o'sish imkoniyatiga ega.
- Ish natijalari tahlil qilinadigan, xodimlarning takliflari muhokama qilinadigan va kelajakdagi rivojlanish yo'nalishlari belgilanadigan oylik ochiq "Dovra suhbati".
- Novator Pharma barqaror daromadni, kuchli kasbiy jamoani, tizimli rivojlanishni va farmatsevtika sohasida muvaffaqiyatli karyera qurish uchun haqiqiy imkoniyatlarni taklif etadi.
Ko'nikmalar
- Dorivor vositalarni taqdim etish va targ'ib qilish
- CRM tizimida mijozlar bazasini yuritish
- Preparatlarning farmakologik guruhlarini bilish
- Shifokorlarga tashriflar bo'yicha rejalashtirish va hisobot berish
- Tibbiy mutaxassislar bilan uzoq muddatli munosabatlarni o'rnatish
- E'tirozlar bilan ishlash va rejali ko'rsatkichlarga erishish