Kompaniya: Murodjon Shamsiyev
Toshkent
Maosh: 2000000 – 4000000 UZS
SMM-mutaxassisi - "UBI Consulting" MCHJ (1 yilgacha tajriba) Oylik maosh: 2 000 000 - 4 000 000 so'm KPI bilan Bandlik turi: Qisman bandlik Ish formati: Gibrid, Ish joyida Ish jadvali: 6/1, Boshqa Manzil: Toshkent sh., Nukus 89 Tavsif Lavozim kompaniya ijtimoiy tarmoqlari uchun kontent yaratish va akkauntlarni yuritish uchun javobgardir. Majburiyatlar: Instagram, Telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar uchun foto va video kontent yaratish; Reels, Stories va qisqa videolarni tahrirlash; Trendlarni kuzatish va ularni brendga moslashtirish; Kontent-planga muvofiq kontent joylashtirish; Dam olish zonasi, tadbir va ko'ngilochar joylar atmosferasini suratga olish; Dam oluvchilardan mini-intervyular va fikr-mulohazalar olish; Rag'batlantirish va auditoriyani kengaytirish g'oyalarini ishlab chiqishda ishtirok etish. Talablar: Ta'lim / o'quv - SMM kursini tugatganlik haqida sertifikat yoki tasdiqnomaga ega bo'lish. Rus tilini bilish - rus tilini erkin bilish. Ijtimoiy tarmoqlarni yuritish - Telegram, Instagram, Facebook, YouTube va LinkedIn'ni yuritish va rivojlantirish bo'yicha amaliy tajriba. Kontent yaratish - kontent-plan ishlab chiqish, matn yozish, foto va video kontent yaratish ko'nikmalari. Video ijod va montaj - ijtimoiy tarmoqlar uchun videolarni mustaqil suratga olish va tahrirlash qobiliyati. Targetli reklama - targetli reklamani sozlash va ishga tushirish tajribasi, shuningdek, uning natijalarini tahlil qilish bo'yicha asosiy tushuncha. Brend yuzi - Brend yuzi (Brand Face) sifatida ishlash tajribasi ustunlikka ega bo'ladi. Sizning foydangiz: Nodavomiy ish kuni Talab qilinadigan ko'nikmalar: Ijtimoiy tarmoqlar akkauntlarini yuritish Kontent-plan yaratish Postlar va stories yozish Visual kontent bilan ishlash Ijtimoiy tarmoqlar statistikasi bo'yicha asosiy tahlil Ijtimoiy tarmoqlar uchun matnlar yozish Canva'da visual kontent yaratish