Sotuv Menejeri

Kompaniya: Prep.uz

Toshkent

Maosh: 3000000 – 25000000 UZS

Sotuv Menejeri / Sales Manager / Менеджер по продажам - Prep.uz (Tajribasiz) Maosh: 3 000 000 - 25 000 000 so'm KPI bilan Bandlik turi: To'liq bandlik Ish formati: Ish joyida Ish jadvali: 6/1, 10:00 - 19:00 Manzil: sh. Toshkent, Labzak-61 Tavsif SOTUV MENEJERINI Jamoamizga taklif qilamiz! Siz chiroyli va ravon gapira olasizmi? Odamlar bilan tez til topisha olasizmi? Ishontirib sotishga qobiliyatingiz borligiga ishonasizmi? Agar tajribangiz bo‘lmasa ham, o‘rganishga, rivojlanishga va yaxshi daromadga erishishga ishtiyoqingiz bo‘lsa — biz aynan sizni kutyapmiz! Vazifalar: 🔹 Sizning vazifalaringiz: Mijozlar bilan telefon va messenjerlar orqali muloqot qilish; Mahsulotlarimizni mijozlarga taqdim etish va sotish; Muzokaralar olib borish va bitimlarni yopishni o‘rganish; Sotuv rejasini bajarish; Mijozlar bazasi bilan CRM tizimida ishlash; Mijozni bitim yakuniga qadar kuzatib borish; Mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yish. Talablar: Savodli va ravon nutqqa ega; Odamlar bilan yaxshi muloqot qila oladigan; O‘ziga ishongan, faol va energiyaga boy; Mas’uliyatli va intizomli; Tez o‘rganadigan va natijaga yo‘naltirilgan; Yaxshi daromad qilish va rivojlanishga intiladigan. Sizning afzalliklaringiz: 💰 Barqaror daromad + sotuvlar uchun bonuslar; 🎓 Tajribasiz nomzodlar uchun noldan o‘qitish; 🤝 Mentorlar tomonidan doimiy qo‘llab-quvvatlash; 📈 Karyera va lavozimda o‘sish imkoniyati; Zarur ko'nikmalar: Sovuq qo'ng'iroqlar va yangi mijozlarni jalb qilish Muzokaralar olib borish va mahsulotni taqdim etish E'tirozlar bilan ishlash CRM tizimida ishlash Savdo rejasini bajarish

Vazifalar

Talablar

Shartlar

Ko'nikmalar

O'xshash vakansiyalar